Tergovchilar Indoneziyada qulagan Lion Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 Max 8 yo‘lovchi samolyoti halokatining dastlabki ehtimoliy sababini aniqladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ekspertlarning aniqlashicha, halokatdan ikki kun avval amalga oshirilgan texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida samolyotning havo tezligi datchiki notog‘ri kalibrovka qilingan. Aynan ana shu kamchilik 29-oktabrda samolyotning qulashiga olib kelgan.
Takidlanishicha, mazkur xulosa hozircha dastlabki hisoblanadi va keyinchalik tekshirilishi kerak. Biroq bugungi kunda bu eng ahamiyatli xulosa bo‘lmoqda.
Izoh (0)