Rossiyaning Moskva shahrida FVV xodimlari ustunga dumi muzlab yopishib qolgan mushukchani qutqarib oldi. Bu haqda “Moslenta” xabar berdi.
Ustunga muzlab yopishgan mushukchani ko‘rgan yo‘lovchi bu haqda qutqaruvchilarga xabar bergan. Chaqiruv asosida kelgan xodimlar muzni eritib, mushukchani qutqarib olgan.
Qutqarib olingan mushukcha xabar qilgan yo‘lovchiga berilgan.
Izoh (0)