Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi pingvinlar turlarini saqlash bo‘yicha keyingi dasturlarni xavf ostida qoldirishi mumkin. Bu haqda Politico nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Pingvinlarning ko‘p qismi Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududlarida yashaydi. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Britaniya guruhi pingvinlar turlarini saqlab qolish bo‘yicha bo‘lajak loyihalar taqdiridan jiddiy xavotirda. Chunki ular Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishi esa bu loyihalar taqdirini savol ostida qoldirmoqda.
Izoh (0)