Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida ishonch bildirishicha, ular barcha bahsli masalalar bo‘yicha kelisha oladilar. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Lukashenkoning qayd etishicha, Rossiya va Belarus haqiqatan ham kelisha oladi. Uning ta’kidlashicha, ayni paytda Rossiyada muzokaralar raundini o‘tkazgan va muammoni biladigan jamoa safarda bo‘lib turibdi.
Lukashenko Putinga barcha muammoli masalalarni hal qilishni va eski muammolarni yangi yilga olib o‘tmaslikni taklif qilgan.
Izoh (0)