Tatariston poytaxti Qozon shahrida ishchi beton qorigichga tushib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ishlayotgan beton qorigichni tozalayotgan bo‘lgan va hozircha noma’lum bo‘lgan sababga ko‘ra uning ichiga tushib ketgan.
Ta’kidlanishicha, ishchining hamkasblari nima yuz berganini ko‘rgan vaqtda u halok bo‘lgan edi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)