Samarqand viloyatida tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 2,2 million so‘m olgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M. fuqaro Sh.ning jiyani K.ni Ishtixon tibbiyot kollejiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 2,2 million so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)