Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U.lar har bir AQSh dollarini “qora bozor” narxida 8450 so‘mdan hisoblab, 7 900 dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ulardan 7900 dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)