Tashqaridan kiritilgan jangarining “insayderlik hujumi” oqibatida Afg‘oniston poytaxti Kobulda NATOning amerikalik bir harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum 3-noyabr kuni yuz bergan. Hujum qilgan shaxs afg‘on harbiylari tomonidan zudlik bilan yo‘q qilingan.
NATOning yaralangan harbiy xizmatchisiga esa ayni vaqtda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Xabar berishlaricha, uning ahvoli barqaror.
“Ushbu hodisa yuzasidan mahalliy politsiya tergov-surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)