2-noyabr kuni Pokiston shimolida mamlakat senatining sobiq a’zosi va diniy ulamo, “Tolibonning otasi” Sami al-Haq otib ketildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Al-Haq o‘z uyida jarohatlar bilan topilgan. Unga kim hujum qilgani esa noma’lum.
Nashrning qayd etishicha, “Tolibonning otasi” laqabi unga “Tolibon” terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan biri Muhammad Umar bilan yaqin aloqada bo‘lgani uchun berilgan edi.
Izoh (0)