AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga migratsiya ishsizlik darajasining pastligi tufayli kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Odamlar mamlakatimizga ko‘chib kelishi bizga kerak, biroq ular qonuniy yo‘l bilan va qanchalar muhimligidan kelib chiqib kelishi lozim. 3,7 foizli ishsizlik darajasini (50 yil ichidagi minimum), ko‘p kompaniyalar mamlakatga qaytayotganini hisobga olgan holda immigratsiya bizga kerak”, — deydi Tramp Indianadagi tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan.
Tramp immigratsiyani cheklash tarafdori ekanligini aytib, buni AQShga yuqori malakali immigrantlar kerakligi bilan izohlaydi. U shuningdek, Meksika chegarasida devor qurilishi kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)