Italiyaning eng keksa mahbusi — Ndrangenta yirik jiniy guruhining “qonxo‘r” boshliqlaridan biri Franchesko Barbaro Parma shahridagi shifoxonada 93 yoshida vafot tedi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
O‘limidan bir necha kun avval Barbaroning sog‘lig‘i yomonlashgan va mafiya yetakchisi umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan qamoqxonadan shifoxonaga ko‘chirilgan edi.
Barbaro Ndrangetaning eng xavfli oqimlaridan birini boshqargan bo‘lib, bu oqim butun dunyoga, jumladan Lotin Amerikasi va Avstraliyaga qadar tarqalgan. U 1980-yillarda odamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik esa xalqaro narkotiklar savdosi faoliyat turini tanlagan.
Barbaro odam o‘g‘irlagani uchun 20 yildan ortiqroq qamoqda o‘tirgan hamda 2013-yilda ozodlikka chiqqan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay 25 yil avval sodir etgan qotilligi uchun yana qamalgan edi.
Izoh (0)