IShID terrorchilik tashkiloti 2-noyabr kuni Misrda yuz bergan avtobusga hujum javobgarligini o‘z zimmasiga oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lumot uchun, Misrning Soxag shahridan uch avtobus Muqaddas Samuil monastiri tomonga harakatlanayotganda, ulardan biriga noma’lum kishilar avtomatik qurollar bilan hujum qilgan. Qurbonlar va jabrlanganlarning aniq soni hozirga qadar aniqlashtirilmoqda.
Hozircha o‘n kishi halok bo‘lganligi, 13 kishi jabrlanganligi qayd etilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)