AQShning Florida shtati Tallaxassi shahridagi yoga studiyasida noma’lum shaxs otishma keltirib chiqardi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi kasalxonaga yotqizilgan. Shahar aholisiga hodisa joyini aylanib o‘tish tavsiya etilgan.
Rasmiylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs yakka o‘zi harakat qilgan, sheriklari bo‘lmagan. Qayd etishlaricha, gumonlanuvchi hodisa joyining o‘zida o‘zini o‘ldirgan.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilardan birining ahvoli juda og‘ir. Yana uch jabrlanuvchi otishma oqibatia og‘ir tan jarohatlari olgan.
Izoh (0)