Prezident farmoniga binoan chegaradosh mamlakatlar, xususan, Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov mazkur loyiha istiqbolini ta’minlash yuzasidan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati — “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda uch ming gektar yer maydoniga ega “Termiz” iqtisodiy zonasida mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelib o‘rnatish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, investitsiyalarni keng jalb etish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi.
Izoh (0)