25-sentabr kuni tadbirkor O.A. Zangiota tuman IIBga o‘g‘irlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
U o‘z arizasida joriy yil 24-sentabr kuni “Bek Baraka” savdo majmuasida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib turgan paytda ikki nafar noma’lum shaxs go‘yoki xaridor sifatida o‘zini tutib, chalg‘iganligidan foydalanib, do‘koni kassasidan 600 ming so‘mni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 1999-yilda tug‘ilgan Sh.Q. va muqaddam bir necha marotaba sudlangan, 1998-yilda tug‘ilgan M.O. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.Q. va M.O. qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)