Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Adliya vazirligi

Foto: Adliya vazirligi

Prezidentning 2018-yil 12-apreldagi farmoniga muvofiq import tovarlari amalda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishidan oldin tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati hamda uni amalga oshirish sxemasi tasdiqlandi.

Oldindan xabardor qilish tartibotini amalga oshirish sxemasi quyida keltirilgan.

Foto: Adliya vazirligi

Foto: Adliya vazirligi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)