Chimyon rossiyaliklar orasida MDH mamlakatlaridagi eng talabgir tog‘-chang‘i sayohatlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“TurStat” tahlil agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018—2019-yil qishida O‘zbekiston kurortlarida o‘rtacha 7 kun dam olishni rejalashtirishmoqda. Chimyonda sayyohlik budjeti sutkasiga 70 dollarni tashkil etadi. Ayni vaqtda eng arzon qishki hordiq Belarusning Silichi va Logoysk tog‘-chang‘i kurortlariga to‘g‘ri keladi.
MDH mamlakatlaridagi eng ommabop tog‘-chang‘i kurortlari o‘ntaligi:
- Chimbuloq, Qozog‘iston
- Gudauri, Gruziya
- Shohdog‘, Ozarbayjon
- Silichi, Belarus
- Saxkadzar, Armaniston
- Chimyon, O‘zbekiston
- Qorako‘l, Qirg‘iziston
- Logoysk, Belarus
- To‘fondog‘, Ozarbayjon
- Oltoy Alp tog‘lari, Qozog‘iston.
Izoh (0)