• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yosh rejissor, yozuvchi va ijrochilar taqdirlandi. Gran-Pri sohibiga Prezident sovrini topshirildi

    “Yoshlar press-klubi”da qisqa metrajli filmlar va videoroliklar, “Izhor” she’r va hikoyalar, “Yosh qo‘shiq ijrochilari” Respublika tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash hamda “Yoshlar kutubxonasi” loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

    Foto: Yoshlar media markazi

    Foto: Yoshlar media markazi

    “Izhor” tanloviga 35 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarning 400 ga yaqin she’r va hikoyalari taqdim etildi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 10 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi va ular munosib taqdirlandi.

    Nazm yo‘nalishida g‘oliblikka Termiz Davlat universiteti talabasi Nargiza Odinayeva, To‘raqo‘rg‘on Sanoat va transport kasb-hunar kolleji talabasi Gulshoda Husniddinova, “Xalq irodasi” gazetasi muxbiri Mohira Habibullayeva, erkin ijodkor Ravshan Husan hamda Nukus shahridagi 20-sonli umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ulbo‘sin Abdugaliyeva munosib deb topildi.

    Nasr yo‘nalishida mukofotlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimi Javlon Jovliyev, Bayram Ali Qo‘ldoshev, Boyovut tumani 9-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulnoza Mamarasulova, Farg‘ona politexnika instituti talabasi Asliddin To‘lanov va Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Nilufar Obidovaga nasib etdi.

    Foto: Yoshlar media markazi

    Foto: Yoshlar media markazi

    “Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qisqa metrajli filmlar va videoroliklar” tanlovida esa 30 yoshgacha bo‘lgan 130 nafardan ortiq professional va havaskor yoshlar taqdim etgan ijtimoiy rolik, qisqa metrajli film va adabiy-badiiy ssenariylar ko‘rib chiqildi.

    Tanlov yakuniga ko‘ra, 8 nafar professional va havaskor ijodkorlar g‘olib deb topildi. Qisqa metrajli filmlar yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Shokir Xoliqovning “Choy”, 2-o‘rinni Mars O‘rinbosarovning “Saboq”, 3-o‘rinni Ravshan Nurmuhammedovning “Ustoz” filmi qo‘lga kiritdi.

    Ijtimoiy roliklar bo‘yicha Ravshan esa Nurmuhammedovning “Yosh tadbirkor” va Nurmuhammed Jumag‘ulovning “Kelajak egasining iltimosi” roliklari g‘olib bo‘ldi.

    Foto: Yoshlar media markazi

    Foto: Yoshlar media markazi

    Ssenariylar yo‘nalishida Muhammadxon Yusupov, Otabek Yo‘ldoshev va Azizbek Qurbonovning ssenariylari mukofotli o‘rinlarga munosib ko‘rildi. Mazkur tanlov endi har yili o‘tkazilib, yosh iste’dod sohiblari ijodini qo‘llab-quvvatlash bilan birga ularning loyihalari asosida yaratilgan filmlar mahalliy va nufuzli xalqaro kinofestivallarga tavsiya qilib boradi.

    Tadbir davomida “Yosh qo‘shiq ijrochilari” festivali g‘oliblari ham taqdirlandi. Mazkur festival 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida mumtoz, estrada, akademik (opera), baxshichilik yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

    Tanlovning mahalliy saralash bosqichlariga 250 ming nafar yosh qamrab olindi. “Yosh qo‘shiq ijrochilari” festivalining Gran-Pri sohibi Kamila Amirovaga Prezident sovrini — 5 million so‘m miqdordagi pul mukofoti topshirildi.

    Foto: Yoshlar media markazi

    Foto: Yoshlar media markazi

    Tadbirda “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Joriy yilda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan loyiha uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha doirasida har bir kitob kamida 10 ming nusxada chop etilib, respublikadagi barcha maktab, kollej, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalari kutubxonalariga bepul tarqatilishi belgilangan.

    Ayni paytda Yoshlar ittifoqi 27 nomdagi adabiyotlarni nashr ettirdi. 10 nomdagi jahon va o‘zbek adabiyotidagi nodir asarlar nashrga tayyorlandi. 2018-yil oxiriga qadar har bir ta’lim muassasasi kutubxonasiga 100 nomdagi badiiy kitob yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

    26.09.2018, 12:00   Izoh (0)   25290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dorixonalar 1-noyabrdan dorilarning ba’zi turlarini qadoqlash huquqiga ega bo‘ladi

    26.09.2018, 11:30

    O‘zbekistonda birinchi marta “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijalari e’lon qilindi

    26.09.2018, 10:30

    Bekobod va Parkent hokimi lavozimidan ozod etildi

    26.09.2018, 10:25

    Janubiy Koreya shifokorlari Farg‘onada tibbiy ko‘rik o‘tkazdi

    26.09.2018, 09:45

    Samarqandda hokim va o‘rinbosarlari endi xizmat mashinalarini haydamaydi

    26.09.2018, 09:45

    AQSh elchixonasi: O‘zbekiston fuqarolari 3-oktabrdan grin kard lotereyasi uchun ariza topshirishni boshlashi mumkin

    26.09.2018, 09:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.