1-noyabrdan dorixonalar va ularning filiallari dorixona sharoitlarida maxsus uskunalardan foydalanilgan holda va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qadoqlangan va tamg‘alangan “angro” mahsulotlarni sotish huquqini qo‘lga kiritadi, deb yozadi Spot Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga tayanib. Tegishli qarorni Shavkat Mirziyoyev imzolagan.
“Angro” mahsulot deganda yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan dori vositalari tushuniladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yil 1-noyabrgacha dorixonalar va ularning filiallari tomonidan “angro” mahsulotlarni sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Izoh (0)