Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning joriy yil 22-sentabrda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining hokimlik balansida bo‘lgan davlat xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqlanadi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.
Hokimliklar xizmat avtomashinalarini haydovchi o‘rniga mansabdor shaxslarning boshqarishi oqibatida turli xil yo‘l-transport hodisalarining sodir etilgani, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.
Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi.
Izoh (0)