O‘zbekiston prokuraturasi mamlakat hududlarida ishlagan bir nechta yirik valyutafurushlar faoliyatiga nuqta qo‘ydi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Xususan, prokuratura xodimlari “O‘zsanoatqurilishbank”ning Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani filiali bosh hisobchisini qo‘lga oldi. U noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Hisobchi fuqaro T. bilan unga 64,2 million so‘m evaziga 8 ming dollar sotish haqida kelishib olgan. Erkak pulni olib, uni bank kassasiga kiritmadi, dollarlarni esa o‘z tanishi orqali yetkazishga kelishdi. Uni esa prokuratura xodimlari valyutani yetkazish chog‘ida qo‘lga oldi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida ikki nafar valyutafurush rejalashtirilgan 40 ming dollarning 20 mingini har bir dollar uchun 8120 so‘m narxida 162,4 million so‘mga pullayotgan chog‘ida qo‘lga olindi. Ustiga-ustak, valyutafurushlarning mashinasidan 14 million so‘mdan ortiq pul topilgan.
Ayni vaqtda ushbu holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)