Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida prokuratura vakillari tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ini qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i B.D. prokuratura xodimiga u tashkilot faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha bayonnomada kamchiliklarni ko‘rsatmasligi evaziga 200 dollar miqdorida pora taklif qilgan. B.D. prokuratura xodimining xizmat xonasida 200 dollar pora berishga urinish chog‘ida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Ushbu holat bo‘yicha B.D.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)