Falastinni ozod etish tashkiloti (FOQT)ning AQShdagi missiyasi rahbari Husam Zomlot Vashington uning oilasi a’zolaridan mamlakatni tark etishni talab qilganini va ularning vizalarini bekor qilganini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.
“Amerika hukumati mening oilam — rafiqam va bolalarimning bank hisobvaraqlarini yopib, ular uchun rezidentlik vizalarini bekor qildi, shuningdek, ulardan AQShni zudlik bilan tark etishni talab qildi. Bu ularning istiqomat guvohnomasi 2022-yilgacha amal qilishiga qaramay amalga oshirildi”, — dedi Zomlot.
Eslatib o‘tamiz, 10-sentabr kuni AQSh Vashingtondagi FOQT vakolatxonasini yopishga qaror qildi, bunga FOQT rahbariyati “AQSh ma’muriyatining falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamagani” sabab qilib keltirildi.
Keyinroq FOQT AQSh bilan hamkorlikni to‘liq to‘xtatish haqida o‘ylayotgani xabar berildi.
Izoh (0)