Filippinda 60 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan “Mangxut” tayfuni 16-sentabr kuni Xitoyning materik qismiga yetib bordi. “RIA Novosti”ning yozishicha, xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tayfun va uning vayronkor harakati aks etgan videolarni faol e’lon qilmoqda.
https://twitter.com/HighlandPaddyHK/status/1041192087587250176
Tayfunni Xitoyda birinchi bo‘lib qabul qilgan Guandun viloyatida xavf-xatarning eng yuqori darajasi e’lon qilingan.
A Super Typhoon hits in Asia #TyphoonMangkhut # pic.twitter.com/X0ynBNZkEQ
— Paschal (@Pasqualll) September 16, 2018
Avvalroq Guandun viloyatida 2,5 millionga yaqin aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, ba’zi hududlarda maxsus boshpanalar ham tashkil etilgan.
Typhoon effect in China pic.twitter.com/ejGRQjjZf3
— Sameer Shah (@5ameer13) September 16, 2018
Izoh (0)