Filippinda “Mangxut” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 kishiga yetdi. 47 kishi jarohatlandi, 16 kishi esa bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” milliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.
Itogon shahri meri Viktorio Palangdan aytishicha, 40—50 kishi yer ko‘chishi tufayli, shahardagi baraklardan birida qamalib qolgan bo‘lishi ummkin. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yer o‘pirilishi to‘rtta konchilar barakini vayron qilgan, oqibatda 26 kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.
“Mangxut” to‘foni Filippin shimoli-sharqiy sohillariga 14-sentabr kuni yopirildi, 15-sentabr kuni esa Xitoygacha yetib bordi.
Izoh (0)