Janubiy Koreya g‘arbidagi Cholla-Pukto viloyatining Vanju nohiyasida 16-sentabr kuni yengil motorli samolyot quladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xabar berishlaricha, samolyot qulagani haqida turli fuqarolardan tushgan bir necha xabarlardan so‘ng, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 15:30 (Toshkent vaqti bilan 11:30) atrofida yuz bergan. Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum.
Qayd etishlaricha, samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)