Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Qo‘riqlash bo‘limi xodimi cho‘kayotgan qizning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6-avgust kuni soat 13:00 larda, Qo‘riqlash bo‘limi xodimi, kichik serjant Sherzod Odilov Rishton tumani Zodiyon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolgan hamda uni zudlik bilan suvdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan.

2004-yilda tug‘ilgan R.A. (ayol) ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan. Tuman tibbiyot bo‘limi uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lig‘i yaxshi holatda ekanini maʼlum qildi.
Avvalroq ham Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Yo‘l patrul xizmati xodimi suvda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qolgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)