Avgustda Jahon banki va O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hukumatga fuqarolik aviatsiyasining milliy sektorini modernizatsiya qilish masalalari bo‘yicha har tomonlama konsultatsiya berishga qaratilgan kelishuvni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Jahon banki va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tarixida birinchi marta pulli asosda konsultatsiya xizmatlarini taqdim etish haqida bitim imzolandi.
Jahon banki fuqarolik aviatsiyasi boshqaruvi va uning faoliyatining ba’zi jihatlarini yaxshilash sektoridagi davlat siyosatini ishlab chiqish uchun tavsiyalar yaratadi.
Tavsiyalar, shuningdek, O‘zbekiston aeroportlari infratuzilmasini rivojlantirish va ularni boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish masalalariga ham taalluqli bo‘ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jahon banki “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Izoh (0)