Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi o‘zi bitirgan 22-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazir va ushbu maktabning yana bir bitiruvchisi — Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari K.Aripov muassasaning bugungi kundagi holati bilan tanishdi.
Ular bitiruvchilar — 9-11-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazib, kelgusida muvaffaqiyatga erishish uchun maktabdagi vaqtlarini unumli o‘tkazishga undadi.
Izoh (0)