Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dollarning xalqaro savdo-sotiqdagi hukmronligiga nuqta qo‘yish kerakligini aytdi. Bu haqda u 2-sentabr, yakshanba kuni Bishkekka tashrifi chog‘ida Turkiya—Qirg‘iziston biznes-forumida nutq so‘zlayotib aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni qo‘llab, dollarning xalqaro savdo-sotiqdagi hukmronligiga barham berish kerak”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning so‘zlariga ko‘ra, go‘yoki, savdo-sotiqni soddalashtirish uchun yaratilgan va dollarga biriktirilgan tizim ayni vaqtda eng katta muammoga aylangan, savdo urushlari va proteksionizm ko‘plab sohalarda yangi strategiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Valyutalar kurslari bilan manipulyatsiya qilishdan maqsad — kuchli va sog‘lom turk iqtisodiyotiga shubha qilishga majburlash, dedi Erdo‘g‘on.
“Maqsad — Turkiya iqtisodiyotiga zarba berish. Biroq hukumat tomonidan qabul qilingan choralar va turk xalqining qat’iy pozitsiyasi sharofati bilan bu urinish muvaffaqiyatli tugamadi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Turkiya yetakchisi.
Izoh (0)