Gruziya – Turkiya davlat chegarasida turkiyalik chegarachilar Gruziya fuqarosi jomadonidan nolegal sayohatchini topib oldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Voqea “Sarpi” chegara-nazorat punktida sodir bo‘ldi. 24 yoshli Gruziya fuqarosi o‘zi bilan olib o‘tayotgan katta jomadon Turkiya chegarachilarida shubha uyg‘otdi. Chegarachilar uni ochishni talab qildi.
Jomadon ochilganda uning ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol yashiringani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, unga Turkiya hududiga kirish 5 yilga ta’qiqlangan ekan.
Turkiya politsiyasi ushbu ikki shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi.
Izoh (0)