Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dog‘istonda huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujumga aloqador bo‘lgan Qizilyurt bandasi yetakchisi Abbos Xubayev yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya milliy aksilterror qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Jangari tezkor-tergov tadbirlari davomida Toturbiyqal’a qishlog‘idan ikki kilometr naridagi o‘rmonda aniqlangani bildirilmoqda. U qurolni topshirish va taslim bo‘lish haqidagi talabga bo‘ysunmay, avtomatdan o‘t ochgan.

Javob o‘ti bilan jangari o‘ldirildi. Hodisa joyidan avtomat, to‘pponcha va ularning o‘q-dorilari topildi. Fuqarolar va huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida jabrlanganlar bo‘lmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi