Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 2-sentabr kuni Turkiya Diyonat ishlari vazirligi yordamida “Imom Saraxsiy“ masjidi ochilishi marosimi bo‘ldi. Bu haqda “Xatib.uz” ma’lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va boshqa ko‘plab martabali mehmonlar ochilish marosimida ishtirok etdi.
Marosimda O‘zbekiston tomonidan Rahimberdi domla Raxmonov qatnashdi.
Masjid qurilishi 2012-yilda boshlangan bo‘lib, unga Turkiyaning “Diyonat” fondi tomonidan 25 million dollar ajratilgan. Masjidga 8 ming kishi, umumiy hududiga esa 20 ming kishi joylashishi mumkin.
Izoh (0)