Ekvador janubida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtobus Kuenka shahridan dengiz sathidan 2380 metr balandlikda joylashgan Loxa shahriga yo‘l olgandi. Avariya oqibatida avtobus ag‘darildi va jiddiy shikastlandi.
Milliy transport agentligi direktori Pablo Kallega ko‘ra, fojiaga avtobus haydovchisi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)