Indoneziyada boshlanayotgan Osiyo o‘yinlari—2018 ning rasmiy ochilish marosimiga 2 kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari navbatdagi rasmiy tadbirda qatnashdi.
Bugun, 16-avgust sanasida qatnashchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi delagatsiya vakillari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi. Madhiya sadolari ostida davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Endi Jakartadagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ham hilpirab turibdi. Marosim davomida, shuningdek, Filippin, Livan, Pokiston va Butan bayroqlari ham ko‘tarildi.
Tadbir yakunida Olimpiya shaharchasi meri Yuni Karkita delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Izoh (0)