Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Temue Bakayoko “Milan” futbolchisiga aylandi. “Rossonerilar” fransiyalik futbolchini 1 yilga ijaraga olganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, “Milan” Bakayokoning bir yillik ijarasi uchun “Chelsi”ga 5 million yevro to‘laydi. Shu bilan birga mavsum yakunida fransiyalikni to‘liq sotib olish huquqi ham “Milan”ga beriladi.
Ma’lumot uchun, Bakayoko 2017-yil yozida Fransiyaning “Monako”sidan 45 million yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tgandi. U bu vaqt mobaynida jamoa safida 43 o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)