Bugun, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari davom ettirilishi haqida avvalroq xabar berilgandi.
Ilk turda Bangladeshni 3:0 hisobida taslim etgan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, o‘tgan turda Tailand bilan durang qayd etgan Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalarning asosiy tarkibi e’lon qilindi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi belgilangan. O‘yinni Sport-TV namoyish etadi. Bu haqda kanal direktori Zohid Karimov ma’lum qildi. Kanal ma’muriyati Osiyo oyinlarining boshqa sport turlari qatorida futbol bahslarini ham translyatsiya qilish borasida kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun biroz oldin yakunlangan guruhning ikkinchi o‘yinida Bangladesh hamda Tailand terma jamoalari 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etdi.
Osiyo o‘yinlari
Futbol. “B” guruhi
16-avgust, payshanba
Qatar—O‘zbekiston 17:00
Qatar: 21.Marvan Badreldin, 2.Tariq Salmon, 4.Omar Alemadi, 5.Tamim al-Muhaza, 6.Ahmad Hesaba, 9.Meshal al-Shamari, 11.Nosir al-Nasr, 12.Jasim Umar, 13.Meshal Faraj, 14.Ahmad al-Saadi, 15.Odil al-AhmadO‘zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 20.Doston Tursunov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 14.Ikrom Aliboyev, 7.Odil Hamrobekov, 17.Doston Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov, 6.Jaloliddin Masharipov, 9.Zabihullo O‘rinboyev
Izoh (0)