Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yo‘llangan telegrammada uchrashishga tayyorligini tasdiqladi, deb yozadi “RIA Novosti” Shimoliy Koreyaning markaziy telegraf agentligiga tayanib.
“Men ikki tomonlama aloqalarga oid shoshilinch masalalarni va muhim mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun Siz bilan eng yaqin orada uchrashishga tayyorligimni tasdiqlayman”, — deyiladi Putinning Kimga Koreyaning yapon hukmronligidan ozod bo‘lganiga 73 yil to‘lishi munosabati bilan yo‘llangan xatida.
“Ishonchim komilki, birgalikdagi harakatlarimiz orqali biz: Rossiya, KXDR va Koreya Respublikasi, — uch tomonlama loyihalarni amalga oshirishdan boshlab, kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantira olamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Putin.
Izoh (0)