Genuyadagi ko‘prik qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Italiya Fuqaro muhofazasi milliy agentligi rahbari Anjelo Borrellining so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha hodisa oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani, 13 kishi turli darajada tan jarohati olgani aniqlangan.
Uning qayd etishicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi ehtimoli mavjud. Hodisa oqibatida 35 ta avtomobil va 3 ta og‘ir transport vositasi zarar ko‘rgan.
Izoh (0)