Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ba’zi Amerika tovarlari, shu jumladan, yengil avtomobillar, tamaki mahsulotlari va alkogolni olib kirganlik uchun bojlarni keskin oshirishni buyurdi, deb yozadi “Kommersant”.
Avtomobil uchun bojlar 120 foizga, alkogol ichimliklarga — 140 foizga, tamakiga — 60 foizga ko‘tarildi.
Avvalroq Donald Tramp Turkiyadan keltiriladigan alyuminiy va po‘lat uchun bojlarni ikki karra oshirishga qaror qilgan edi. Buning oqibatida avgust o‘rtalarida turk lirasi keskin qadrsizlandi. Uning dollarga nisbatan kursi yil boshidan buyon 40 foizga pastladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa AQShda ishlab chiqarilgan elektronika mahsulotlarini boykot qilish rejalari haqida e’lon qildi.
Izoh (0)