• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar tizimidagi 10 ga yaqin rahbar ishdan olindi

    Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh joriy yilning 5—9-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

    Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

    Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

    Po‘lat Bobojonov Muynoq, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy, Kegeyli va Nukus tuman IIBlarining shaxsiy tarkibi bilan shaxsan uchrashdi. Uchrashuvlarda xodimlarning ma’naviy yetukligi va huquqiy savodxonligi, rahbar va xodimlarning xizmat vazifalari ijrosini tashkil etish samaradorligi, tartib-intizomga rioya etish, aholidan kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi ahvoli, faoliyatning har bir sohaviy yo‘nalishida mavjud kamchilik va muammolar, hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor vazifalar ijrosi doirasida sektorlarda bajarilgan ishlar va sohaga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, Ichki ishlar vaziri Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 2-sonli IIBning to‘liq ta’mirlangan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

    9-avgust kuni Nukus shahrida Ichki ishlar vaziri raisligida hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarning yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident devoni, Bosh prokuratura, Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

    Majlisda qayd etilganidek, respublikada joriy yilning 7 oyi mobaynida umumiy jinoyatchilik sezilarli darajada kamaygan bo‘lsada, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, To‘rtko‘l va Chimboy tumanlarida qotillik, Nukus shahri, Taxiatosh, Kegeyli, Nukus, To‘rtko‘l va Chimboy tumanlarida og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari ko‘paygan.

    Mahallalarda fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilishiga jiddiy va mas’uliyatli yondashilmayotganligi oqibatida 4 ta qotillik va 25 ta og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.

    To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahrida joriy yilning iyun va iyul oylarining o‘zida sodir etilgan jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar soni keskin oshganligi, Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo, Xo‘jayli, Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlarida ilgari sudlanganlar bilan manzilli profilaktik tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash choralari talab darajasida olib borilmayotganligi alohida ta’kidlandi.

    Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

    Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

    Shuningdek, Nukus shahrida “Xalqlar do‘stligi”, “Do‘stlik”, “Tasliq”, “Mustaqillik” va “Qizilqum” mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar shahar bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlarning 25 foizini tashkil etishi, ushbu mahallalar hududida shahar uchun ahamiyatli bo‘lgan xo‘jalik, boshqaruv, ijtimoiy va savdo obyektlar joylashgan bo‘lsada, ularni qo‘riqlash sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish amaliyoti susaytirib yuborilganligi Ichki ishlar vaziri tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi.

    Yig‘ilishda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini to‘laqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan, hanuz eskicha ish uslubi bilan ishlayotgan, fuqarolarning manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmayotgan rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rildi.

    Xususan, xizmat vazifasiga loqaydlik va sustkashlik bilan munosabatda bo‘lib, xizmatni samarali tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi, faoliyati davomida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelganligi uchun To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i A.Ilyasov, Nukus shahar va Taxiatosh tumani IIBlari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari A.Artikov va A.Gulimbetov, Nukus shahar, Chimboy va Qorao‘zak tumanlari IIBlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari N.Qdirbayev, R.Paulaniyazov va R.Qalandarov hamda Kegeyli tumani IIB 10-sonli ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i A.Palibekov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

    Bundan tashqari, qator rahbarlarga nisbatan turli darajadagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

    Shuningdek, yig‘ilishda fuqarolarning huquq va manfatlarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash yo‘lida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlar ham alohida ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, o‘zlariga pora taklif etilganligi holatlari to‘g‘risida axborot berib, ichki ishlar organi xodimining qasamyodiga sodiq qolgan Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari P.Iskenderov va Ellikqal’a tumani IIB tezkor vakili J.Mambetov vazir tomonidan rag‘batlantirilib, ularga pul mukofotlari topshirildi.

    13.08.2018, 09:15   Izoh (0)   28829
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo hokimi fermer xo‘jaliklari dalalaridagi vaziyatlar bilan tanishmoqda

    13.08.2018, 08:17

    O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

    13.08.2018, 07:50

    IIV: ID-karta amaldagi biometrik pasport o‘rnini bosuvchi, fuqarolikni belgilaydigan va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat bo‘ladi (video)

    13.08.2018, 06:21

    Buxorolik Julyetta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi

    12.08.2018, 23:54

    “Hujradagi zulmat”: O‘zTVda O‘zbekistondagi xufyona hujralar va Suriyadagi o‘zbek jangarilar haqida maxsus film ko‘rsatildi (video)

    12.08.2018, 22:04

    Asakada salkam 1 kg opiyni 12 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    12.08.2018, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.