• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV: ID-karta amaldagi biometrik pasport o‘rnini bosuvchi, fuqarolikni belgilaydigan va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat bo‘ladi (video)

    IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i Bahodir Usmonov “Yoshlar” telekanaliga intervyu berdi. Usmonov intervyu davomida “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilingach, aholi orasida paydo bo‘lgan turli gap-so‘zlar yuzasidan ham tushuntirishlar berdi.

    — 2019-yilning 1-yanvar kunidan boshlab, chet elga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, fuqarolarimiz chet elga chiqishlari uchun xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan, — deydi Bahodir Usmonov. — Hozirgi chet elga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikeri ikki yilga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, xorijga chiqish uchun biometrik hujjat 10 yil muddatga beriladi. Xorijga chiqish pasportini olish uchun fuqarolar o‘zlari yashab turgan hudud ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim/bo‘linmalariga murojaat qilishlari, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Rasmiylashtirish muddati etib 10 ish kuni belgilanmoqda. Bunday pasportlar bir yoshga to‘lmagan fuqarolarga ikki yil muddatga, bir yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga besh yil muddatga, 16 yoshdan katta fuqarolarga 10 yil muddatga beriladi.

    — Keling, ID-karta masalasiga to‘xtalsak. O‘zi ID-kartalar qanday xizmatlar uchun joriy etilmoqda?— ID-karta respublika hududida fuqarolikni belgilovchi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Joriy yilning 1-noyabr kunidan boshlab amaldagi biometrik pasport o‘rniga identifikatsion karta — ID-kartani Toshkent shahrida tajriba tariqasida tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Toshkent shahrida tajbiradan o‘tganidan so‘ng, ID-karta tizimi ijobiy natija ko‘rsatsa, uni respublika miqyosida tatbiq etish nazarda tutilyapti. Shu tizim butun respublikaga tatbiq etilganidan so‘ng, biometrik pasportni rasmiylashtirish tizimi bekor bo‘ladi — ID-karta biometrik pasport o‘rniga kiritilayotgan hujjatdir. Fuqaroda bir vaqtning o‘zida ham ID-karta, ham biometrik pasport bo‘lishi mumkin emas.

    — Fuqarolarda endi bizda uchta pasport bo‘ladimi, degan savol paydo bo‘lyapti — masalan, ID-karta, xorijga chiqish uchun biometrik pasport va hozirda amal qilayotgan biometrik pasport. Mazkur masalaga batafsil oydinlik kiritsangiz?— Ba’zi bir fuqarolar tomonidan O‘zbekistonda endi uch xil — chet elga chiqish uchun pasport, respublikada foydalanish uchun biometrik pasport va qo‘shimcha ravishda ID-karta tatbiq etilarkan, degan bir noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ldi. Bitta fuqaroda faqat ikki xil turdagi pasport bo‘lishi mumkin — xorijga chiqish uchun pasport va, tatbiq etiladigan bo‘lsa, ID-karta. ID-karta biometrik pasport o‘rnini bosadi va u respublika hududida fuqarolikni belgilovchi va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

    — Fuqarolarimizdan amaldagi biometrik pasportdan chet elga chiqish pasporti sifatida foydalansa bo‘lmaydimi, degan taklif tushyapti. Bunga nima deysiz?— Bu savolga keladigan bo‘lsak, biometrik pasportni rasmiylashtirish jarayoni bilan chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni boshqa-boshqa hisoblanadi. Masalan, 16 yoshga to‘lgan fuqaro pasport olishga majbur deb hisoblansa, xorijga chiqish pasporti faqat xorijga chiqish zarurati tug‘ilganidagina rasmiylashtiriladi. Bu ikki xizmatning reglamenti har xil bo‘lgani sababli, hozirgi amaliyotda biometrik pasport olgan fuqaro chet elga chiqishi uchun chet elga borish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtiradi. Yangi tartibda esa bitta hujjat — xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kifoya. 2019-yil 1-yanvaridan xorijga chiqish uchun xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shu bilan birga amaldagi haqiqiy biometrik pasportga ega bo‘lgan fuqarolar 2021-yilning 1-yanvariga qadar viza talab etilmaydigan davlatlarga shu biometrik pasport asosida chiqishlari mumkin. Viza rasmiylashtirilishi talab etiladigan davlatlarga 2019-yil 1-yanvar kuniga qadar rasmiylashtirilgan ruxsat yozuvi stikerining amal qilishi tugaguncha xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilmagani holda chiqish mumkin.

    13.08.2018, 06:21   Izoh (0)   28584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorolik Julyetta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi

    12.08.2018, 23:54

    “Hujradagi zulmat”: O‘zTVda O‘zbekistondagi xufyona hujralar va Suriyadagi o‘zbek jangarilar haqida maxsus film ko‘rsatildi (video)

    12.08.2018, 22:04

    Asakada salkam 1 kg opiyni 12 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    12.08.2018, 21:54

    Toshkentda DAN xodimi o‘t o‘chiruvchilar kelgunicha yonayotgan kafedan ikki hushsiz fuqaroni olib chiqdi (video)

    12.08.2018, 20:32

    11-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Grantga o‘tishning eng yuqori bali Urganchda, kontraktniki esa Farg‘onada

    12.08.2018, 18:10

    Navoiylik fermer cho‘lda tuya suti bilan davolashni yo‘lga qo‘ydi

    12.08.2018, 17:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.