Andijon viloyatining Asaka tumanida 9-avgust kuni “Qoradori—2018” tadbiri davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazishga urinish holatining oldi olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tumanning Zarbdor mahallasida yashovchi K.M. va Asaka shahrida istiqomat qiluvchi S.B. 927,1 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini K.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinada 12 000 dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotiklar Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan. “Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)