Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shahrida 27-iyul kuni inson o‘limi bilan tugagan jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Keles shahrida yashovchi B.A. mast holda, uyidagi oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i Z.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
“Natijada Z.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. B.A. esa ushlangan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)