Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashagan N.M. ismli ayol 25-iyul kuni uyi orqa tomonida birga yashovchi ovsini A.O. bilan o‘zaro janjallashib, unga pichoq o‘qtaldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
A.O. ovsinining qo‘lini qayirib, itarib yuborgan vaqtida pichoq uning chap oyog‘iga kirib ketadi.
Hodisa oqibatida N.M. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
A.O. qo‘lga olingan.
Izoh (0)