Joui Chestnat ismli amerikalik 4-iyul kuni AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada 10 daqiqa ichida 74 ta xot-dog yeb, 11-marta jahon rekordini o‘rnatdi, deb yozadi Forum Daily.
Jurnalistlar Chestnat paqqos tushirgan narsalarning ozuqa qiymatini hisoblab chiqdi: 22 mingdan ortiq kaloriya, 1332 gramm yog‘lar, 1850 gramm uglevodlar va 814 gramm oqsillar.
Chestnat musobaqaning 20 ta ishtirokchisini ortda qoldirdi va o‘zining o‘tgan yilgi rekordi (72 ta xot-dog)ni yangiladi.
Izoh (0)