Hindistonning Vangangala qishloq hududida joylashgan mushakbozlik vositalari ishlab chiqaruvchi fabrikada yuz bergan portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, qurbonlarning tanasi vayron bo‘lgan fabrikadan bir necha o‘n metr uzoqlikka otilib ketgan.
Xabar berilishicha, fabrikaning kamida besh nafar xodimi tan jarohati olgan. Mahalliy hokimiyat qurbonlar soni keskin oshishi mumkinligini bildirmoqda, chunki korxonada bo‘lgan xodimlarning aniq soni haqida ma’lumot mavjud emas.
Izoh (0)