Belgiyalik Loran Simmons ismli bola sakkiz yoshida maktabni bitirib, universitetga o‘qishga kirishga tayyorlanmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Loran o‘rta maktabning oltita sinfini bir yarim yilda o‘qib bitirdi va 18 yoshli bitiruvchilar bilan birga attestat oldi. Bolaning ota-onasi ta’kidlashicha, uning IQ ko‘rsatkichi 145 ga teng.
Loran RTBF’ga bergan intervyusida sevimli fani matematika ekanligi, “chunki u shunchalik keng ko‘lamli bo‘lib, ham statistika, ham geometriya, ham algebrani o‘z ichga olishi”ni aytdi.
O‘quvchining ota-onasi aytishicha, bo‘sh vaqtlarida u matematikadan masalalar yechishni va tibbiyot bo‘yicha kitoblar o‘qishni yaxshi ko‘radi. Avvallari u jarroh yoki astronavt bo‘lishni istagan, ammo endi informatikaga moyillik ko‘rsatmoqda. Ota-onasi, shuningdek, Loran doim o‘ziga xos bo‘lgani va boshqa bolalar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rmaganini qayd etdi.
Yozgi ta’tildan keyin yosh vunderkind universitetga o‘qishga kirmoqchi. Hozircha u o‘quv muassasasini tanlagani yo‘q, biroq butun dunyo universitetlaridan takliflar olmoqda.
Izoh (0)