Kanadaning Monreal shahrida 2-iyul kuni qattiq jazirama tufayli olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Kanada kuni munosabati bilan e’lon qilingan umummilliy dam olish kunida shahardagi harorat 35 darajaga yetgan. Qattiq jazirama sababli tez yordamga qo‘ng‘iroqlar soni o‘sgan.
CTV News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori havo haroratidan halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi yolg‘iz yashagan va surunkali kasalliklardan yoki ruhiyat bilan bog‘liq muammolardan azob chekkan. Jazirama qurbonlarining hech birida konditsioner bo‘lmagan.
Izoh (0)