Jangarilarning Grozniydagi cherkovga hujumi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik diniy muassasa hududida dafn etiladi. Bu haqda cherkov bosh ruhoniysi Sergiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Birodarimiz Artemiy Kizlyardagi cherkovga hujum oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar kabi cherkov hududida dafn etiladi. U xizmat chog‘i halok bo‘ldi: ko‘chaga tasodifan chiqqan, balki suv ichmoqchi bo‘lgandir. U dini tufayli qatl etildi”, — dedi Sergiy ota.
Bosh ruhoniyga ko‘ra, jangarilarni hovlida ko‘rib, Artemiy qocha boshlaydi. Ulardan biri uni ta’qib etadi. Bu jangarilar e’tiborini jalb etish va boshqa ziyoratchilar hayotini saqlab qolish imkonini beradi. Shovqin-suron tovushini eshitgan cherkov ichidagilar darvozalarni yopishga ulgurib qoladi.
Izoh (0)